Qatarning qo'shni davlatlar bilan ziddiyati Arab ittifoqi kun tartibida...

Arab ittifoqi bosh kotibi Ahmad Abu Gayt Arab davlari o’rtasidagi voqealar bunchalik avj olganidan xavotirda...

746893
Qatarning qo'shni davlatlar bilan ziddiyati Arab ittifoqi kun tartibida...

Arab ittifoqi arab davlatlari o’rtasidagi o’zaro kelishmovchilikni bartaraf etish uchun a’zo davlatlar bilan hamkorlikka tayyor ekanini ma’lum qildi.

Ittifoq bosh kotibi Ahmad Abu Gayt yozma bayonotida, Bahrayn, BAA, Misr va Yamanning Qatarni terrorizmni qo’llab quvvatlaganlikda ayblab, diplomatik aloqalarni to’xtatganini va bu doirada yuz bergan o’zgarishlarni yaqindan kuzatib borganini ma’lum qildi.

“Arab davlatlari o’rtasidagi sovuqlikni bartaraf etish uchun a’zo davlatlar bilan hamkorlikda ish olib borishga tayyormiz. Bu, keng ko’lamli terrorizm va ekstremizmga qarshi kurash bo’yicha olingan qarorlarning amalda kuchga kirishiga turtki bo’ladi”,-deydi Ittifoq bosh kotibi Ahmad Abu Gayt.

Arab davlari o’rtasidagi voqealar bunchalik avj olganidan xavotirda ekanini tilga olgan Abu Gayt avvalo vaziyatni tinchlantirish kerakligini, so’ngra qardosh davlatlar o’rtasidagi aloqalar izga tushgunicha Saudiya Arabistoni, BAA, Bahrayn, Quvayt, Qatar va Omman o’rtasida 2014 yili imzolangan Riyad shartnomasini amalda davom ettirish, shuningdek a’zo davlatlarning Arab Ittifoqi a’zolik shartnomasida amalda bo’lgan asosiy prinsiplar va Arab Ittifoqi sammitlarida olingan barcha qarorlarga amal qilinishini tavsiya qildi.



Aloqador xabarlar