Isroil askarlari bilan falastinlik namoyishchilar o’rtasidagi to’qnashuv davom etmoqda

Isroil askarlari bilan falastinlik namoyishchilar o’rtasida G’azo chegarasida yuz bergan to’qnashuvda falastinlik 1 kishi jon berar ekan, 6 kishi tan jarohati oldi.

747323

G’azoning sharqiy qismidagi chegarasida joylashkan Al-Karara, Naxil-Uz, Al-Bureys va Jebaliya nomidagi muhojirlar lageri hududlarida kelib chiqqan to’qnashuvlarda Isroil askarlari o’zlariga qarshi tosh va molotov kokteyli otgan falastinlik namoyishchilarga haqiqiy va plastik o’q bilan ko’zdan yosh sizdiruvchi gaz bombasi orqali qarshilik berdi.  

G’azoning Han Yunus shahrining sharqida, Isroil askarlarining falastinlik namoyishchilarga o’q uzishi natijasida 1 kishi jon berdi.

To’qnashuvda falastinlik 2 kishi haqiqiy o’qdan tan jarohati olar ekan G’azoning shimolidagi Jibaliya nomidagi muhojirlar lagerining sharqida, Isroil askarlari foydalangan ko’zdan yosh sizdiruvchi gaz bombalar orqali 4 kishi og’ir tan jarohati oldi.

G’azoliklar, Isroil qamoqxonalaridagi falastinlik mahbuslarni qo’llab, chegara mintaqalarida haftalik namoyishlar uyushtirmoqda.

Aloqador xabarlar