Pentagon:"AQShning Qatar bilan munosabati o'zgarmaydi"

“Amerika samolyotlari odatdagidek, Iroq, Suriya va Afg’onistondagi operatsiyalar doirasida Qatardan turib vazifasini ijro etadi”-deydi Pentagon kotiblaridan mayor Adrian Rankine Gallovay.

746643
Pentagon:"AQShning Qatar bilan munosabati o'zgarmaydi"

AQSh mudofaa vazirligi Pentagon Amerika qo’shini Qatardan turib boshqarayotgan Afg’oniston, Iroq va Suriyadagi operatsiyalarda hech qanday o’zgarish bo’lmasligini ma’lum qildi.

“Amerika samolyotlari odatdagidek, Iroq, Suriya va Afg’onistondagi operatsiyalar doirasida Qatardan turib vazifasini ijro etadi”-deydi Pentagon kotiblaridan mayor Adrian Rankine Gallovay.

U mintaqadagi barcha ittifoqdosh davlatlarni vaziyatni bostirishga va mintaqa xavfsizligi uchun mushtarak yechim topishga chaqirdi.

“AQSh va koalitsiya, u yerdagi faoliyatimizni qo’llab quvvatlagani va mintaqa xavfsizligiga bergan e’tibori uchun Qatardan minnatdor. Qatardagi faoliyatimizni to’xtatish kabi biron rejamiz yo’q”,-deydi Pentagon kotibi.

Aytib o’tish joizki, Pentagon Afg’oniston, Iroq va Suriyada olib borgan operatsiyalarning bir qismini Qatardagi harbiy bazadan turib amalga oshirmoqda.

Ma’lumki, Saudiya Arabistoni, Misr, Bahrayn, BAA, Yaman, Liviya va Maldivlar kecha Qatar bilan barcha diplomatik aloqalarni to’xtatdi, bu davlat bilan dengiz va havo chegaralari faoliyatiga chek qo’ydi.

Qatarlik diplomatlarga mamlakatlarni tark etish uchun 48 soat muhlat berdi.

Shuningdek, Qatar fuqarolarining 14 kun ichida mamlakatni tark etishi talab qilindi.

Bundan tashqari, Qatar Yamanda Husiylarga qarshi kurashayotgan Saudiya Arabistoni boshchiligidagi xalqaro koalitsiya tarkibidan ham chiqarildi.

 

 



Aloqador xabarlar