Yamanda hukumat kuchlari bilan Husiylar o’rtasida otishma...

Prezidentlik saroyi va At-Tashrifet harbiy lageri atrofida sodir bo’lgan otishmalarda Husiylardan 10 nafari o’ldirilgan.

745937
Yamanda hukumat kuchlari bilan Husiylar o’rtasida otishma...

Yamanning Taiz shahrida hukumat kuchlari bilan Husiylar o’rtasida otishma ro’y berdi.

Otishmada 12 kishi halok bo’ldi.

Yaman qo’shin kotiblaridan polkovnik Abdulbasit Al-Bahr ma’lum qilishicha, prezidentlik saroyi va At-Tashrifet harbiy lageri atrofida sodir bo’lgan otishmalarda Husiylardan 10 nafari o’ldirilgan, 10 dan ortiq terrorist yaralangan.

Otishmalarda 2 nafar xavfsizlik xodimi halok bo’lgan.

Husiylar va tarafdorlari Taizni har tomondan o’rab olgan.

Yaman qo’shini avgust oyida Xalq inqilob kuchlarining qo’llab quvvatlovi bilan qamalni janub tomondan qisman bartaraf etishga muvaffaq bo’lgandi.

Yamanda Husiylar va ularni qo’llab quvvatlagan sobiq prezident Ali Abdullah Salih tarafdorlari bilan hukumat kuchlari o’rtasida ikki yildan beri to’qnashuvlar davom etmoqda.

 

 

 



Aloqador xabarlar