Qatar to'rt arab davlatining olgan qarorini haqsizlik deb baholadi

Qatar:"Bahrayn, Saudiya Arabistoni va BAAning Qatar bilan diplomatik aloqalarni uzish borasidagi qarori to'g'ri emas"

745846
Qatar to'rt arab davlatining olgan qarorini haqsizlik deb baholadi

Qatar to’rt arab davlati bilan diplomatik aloqalar uzilganiga o’z munosabatini bildirdi.

Qatar tashqi ishlar vaziri Shayh Muhammad Bin Abdurrahman Al Sani vaziyatga munosabatini bildirdi.

Al Sanining fikricha, Bahrayn, Saudiya Arabistoni va BAAning Qatar bilan diplomatik aloqalarni uzish borasidagi qarori to'g'ri emas. Bu haqsizlikdir.

AQSh kotibi Rex Tillerson tomonlarni sokinlikka chaqirar ekan: “Tomonlarning o’zaro kelishmovchiliklarini muhokama qilishini xohlaymiz”,-dedi.

Uning fikricha, Ko’rfaz hamkorlik kengashi parchalanmasligi kerak.

 

 



Aloqador xabarlar