Rock am Ring musiqa festivali terakt shubhasi yuzasidan to’xtatildi

Germaniyaning mashhur Rock am Ring musiqa festivali terakt shubhasi yuzasidan to’xtatildi.

745097
Rock am Ring musiqa festivali terakt shubhasi yuzasidan to’xtatildi

Germaniyaning mashhur Rock am Ring musiqa festivali terakt shubhasi yuzasidan to’xtatildi.

Germaniyaning Nyurburgring shahrida uyushtirilgan va qariyb 90 ming kishi ishtirok etgan festival bo’lib o’tgan maydon boshatildi.

Mamlakatning eng nufuzli musiqa festivallari ro’yhatida o’rin olgan “Rock am Ring” musiqa festivali 1985-yilidan beri o’tkazilib kelinmoqda.

Xavfsizlik xodimlari terror hujumi shubhasi to’g’risidagi konkret ma’lumotlarni qo’lga kiritganligini va festivalning to’xtatilganligini ma’lum qildi.

Manchesterdagi oxirgi terror hujumi yuzasidan xavfsizlik chora va tadbirlari orttirilgan 3 kunlik festivalda roppa-rosa 1200 nafar politsiya xodimi xizmat qilmoqda.

Festivalning davom etib etmasligi hozircha noma’lum.



Aloqador xabarlar