Filippinda uyushtirilgan qurolli hujum natijasida yong’in falokati yuz berdi

Filippin poytaxti Maniladagi bir mehmonxonada uyushtirilgan qurolli hujum natijasida kelib chiqqan yong’in ko'pchilikning umriga va sog'ligiga zomin bo'ldi.

744511
Filippinda uyushtirilgan qurolli hujum natijasida yong’in falokati yuz berdi

Filippin poytaxti Maniladagi bir mehmonxonada uyushtirilgan qurolli hujum natijasida kelib chiqqan yong’in oqibatida 30 dan ortiq kishi jon berdi.

Jon berganlardan tashqari onlab kishi ham tan jarohati olgan hujum, qurolli bir kishining mehmonxonaning yuqoridagi qatlarida, atrofga o’q uzishi bilan boshladi.

Portlash ovozlari ortidan mehmonxonadan tutin ko’tarila boshladi.

Markazi Amerikaga bog’liq bo’lgan terror tashkilotlarining internet translyatsiyasini kuzatgan xavfsizlik xizmati, DEASh terror tashkilotiga bog’liq bir tashkilotning hujumni o’z bo’yniga olganligini e’lon qildi.  

Filippinlik yetakchilar esa voqeani terror hujumi sifatida baholaganliklarini ma’lum qildi.

Hujumchining, qimorxona markalarini o’g’irlaganligi va qimor stollarini to’ntarganligi lekin mehmonxonadagi mehmonlarga o’q uzmaganligi qayd etildi.

Mehmonxonani boshatgan xavfsizlik xodimlari xavfsizlikni nazoratga oldi.

Nomi ma’lum qilinmagan hujumchining ham yong’inda, yonib o’lganligi aytildi.


Tanlangan kalimalar: #Filippin , #Manila , #mehmonxona , #yong'in falokati

Aloqador xabarlar