AQSh ballistik roketa mudofaa sistemasini tajribadan o’tkazdi

Marshal orollaridan uchirilgan qit’alararo ballistik roketa Kaliforniya shtatidagi Vanderberg havo harbiy bazasidan roketa mudofaa sistemasi orqali urib tushirilgan.

742653
AQSh ballistik roketa mudofaa sistemasini tajribadan o’tkazdi

Shimoliy Koreya ballistik roketa tajribalarini avj oldirgan bir paytda, AQSh ham ballistik roketa mudofaa sistemasini sinovdan o’tkazdi.

AQSh mudofaa vazirligi Pentagon bayonotiga ko’ra, Marshal orollaridan uchirilgan qit’alararo ballistik roketa Kaliforniya shtatidagi Vanderberg havo harbiy bazasidan roketa mudofaa sistemasi orqali urib tushirilgan.

Ma’lum bo’lishicha, AQSh birinchi bor roketa mudofaa sistemasini bu shaklda amalda sinab ko’rdi.

Mudofaa sistemasi mo’ljaldagi roketaning izini va yo’nalishini datchik va Tinch okeaniga joylashtirilgan X-Band radarlari vositasida aniqlaydi.

So’ngra, bu ma’lumotlar natijasida otish mexanizmini ishga soladi.

Roketa mudofaa sistemasi agentligi direktori admiral Jim Syring ushbu tajribani muvaffaqiyatli deb baholar ekan, bu sistema Amerika tuproqlarini mudofaa qilishda katta ahamiyatga ega ekanini tilga oldi.

 



Aloqador xabarlar