Turkiya va Yevroosiyo munosabatlari 21-qism

Dasturimizning bugingi bo’limida Fransiyada yaqindagina bo’lib o’tgan Prezidentlik saylovi va uning natijasining Turkiya-Fransiya munosabatiga ko’rsatish ehtimoli bo’lgan ta’siri haqida so’z qilamiz.

738267
Turkiya va Yevroosiyo munosabatlari 21-qism

Aziz dasturimiz muxlislari, Fransiyadagi Prezidentlik saylovida “Olg’a” harakati nomzodi Emmanuel Makron g’alaba qozondi. Makron bundan bir yil muqaddam taniqli siyosatchi edi. Prezident Ollandning kabinasida Iqtisodiyot vaziri edi. Sotsialistik partiya a’zoligidan chiqib “Olg’a” harakatini tashkil etdi. Ko’p o’tmay Fransiyaning eng yosh Prezidenti etib saylandi. Makronning g’alabasini Yevropa xursandchilik bilan nishonladi. Liberal va sotsial demokrat siyosatchilar Makronga, Yevropa ittifoqining qutqaruvchisi sifatida qaramoqda. Bu natija tashqi siyosat jihatidan G’arbni ham tinchlantirdi. Chunki Makron xalqaro platformada, Yevropa ittifoqining borligiga va missiyasiga alohida e’tibor bermoqda.

Makron, Fransiyadagi iqtisodiy va ijtimoiy muammolarni hal qilish uchun yangi firklar va loyihalar taqdim etdi. Shuning uchun ham xalqning turli qatmarlari uni qo’llab-quvvatladi. Lekin uning oldida jiddiy sinovlar bor. Mavjud iqtisodiy muammolar ulardan eng muhimi hisoblanadi. Bu muammolar 2020-yilga borib Fransiya hal qilolmaydigan darajada avj olishi mumkin. Shunday ekan Fransiya hozirdan boshlab, iqtisodiy muammolar bilan kurashgan davlatga aylandi. Jiddiy chora ko’rilmagudek bo’lsa unda Fransiya, farovonlikdan mahrum qolishi mumkin.  

Fransiyada yaqinda hatto 11-iyun kuni umumiy saylov bo’lib o’tadi. Ushbu saylovning birinchi turida kamida 50 foiz ovoz olgan nomzodlar to’g’ridan-to’g’ri majlisga saylanadi, kam olganlar yoki majlisda bosh qolgan o’rinlar uchun esa takror saylov o’tkaziladi.  Saylovning ikkinchi bosqichida eng ko’p ovoz olgan nomzod deputat etib saylanadi.   

OpinionWay-SLPV Analytics deb nomlangan tadqiqot firmasi saylovning ikkinchi bosqichi uchun yaqindagina bitta anketa chop etdi. Ushbu anketa natijalariga ko’ra “Olg’a” harakati mamlakatdagi 577 saylov uchastkasining 535 tasidan kamida 249, eng ko’p 286 nafar deputat chiqarishi mumkin. Korsika va chet eldagi vakolatxonalar bilan birga 290 o’rinni qo’lga kiritib, murakkab bo’lsa ham ko’pchilikga erishishi mumkin. Aytib o’tish joizki ko’pchilik uchun 289 o’rin kerak. Huddi mana shu yoki shunga o’xshash tadqiqot natijalari ortidan Makron, markaz-o’ng qanot siyosatchilardan ham yordam ahtarmoqda. Makronning Edouard Philippeni Bosh vazir etib tanlab olishini ham, shu tufayli desak mubolag’a bo’lmaydi.    

Makron olgan natija Fransiyada, chet elliklarga qaratilgan dushmanlik, turkofobiya va islomofobiya oqimini ortga chekintiradi degan ma’noni anglatmaydi. Zero, Le Pen olgan 33 foizlik ovoz, bu oqimning kuchiga-kuch qo’shilganligining ko’rsatkichi hisoblanadi. Fransiyadagi saylovlardan keyin Yevropadagi o’ng qanot ekstremistlar siyosiy aktyorlarga aylandi deyishimiz mumkin. Afsuski ularni yevropalik siyosatchilarning o’zlari oziqlantirdi, hatto o’z qo’llari bilan. Bu muammolarning eng qisqa vaqt ichida hal qilinishining bittayu-bitta yo’li, Turkiyani Yevropa ittifoqi tarkibiga kiritishdir. Yevropa qit’asining o’ng-qanot ekstremistlar tomonidan asir olinishining oldini olishning yakkayu-yagona yo’li faqatgina mana shundan iboratdir.  

Makronning Turkiyani yaqindan qiziqtirgan qanday tashqi siyosat kuzatishini aytish esa hozircha judayam murakkab. Chunki yosh liderning uzoq siyosiy tarixi yo’q. Tashkil etgan “Olg’a” harakati ham yaqindagina partiyaga aylandi. Bizning birinchi taasurotimizga ko’ra Makron, Turkiyaning bir necha sohasida birgalikda hamkorlik qiladigan lider bo’lishi mumkin. Balki Prezident Rajap Tayyip Erdog’an bilan Fransiya Prezidenti Makron bugun Belgiya poytaxti Bryusselda bo’lib o’tadigan NATO sammitida uchrashadi. Makronning Olland davridagi Turkiya siyosati bilan yaqinlashish siyosatini davom ettiradi degan fikrdaman. Aslida qarab ko’rgudek bo’lsak Makron, bugungacha Turkiya va Turkiyaning Yevropa ittifoqi a’zoligi to’g’risida judayam kam bayonot bergan. Lekin bayonotlaridan birida Yevropa ittifoqining Turkiyaga, o’z darvozasini yopib qoymasligi kerakligi haqida gapirgan edi.

Turkiya oxirgi vaqtlarda Germaniya, Gollandiya va Avstriya kabi YI davlatlarining ikki yuzlamachiligiga guvoh bo’ldi. Fransiya esa Turkiyaga qarshi ancha ilik siyosat kuzatdi va Suriya muammosi kabi masalalarda Turkiya bilan deyarli bir xil fikrda edi. Turkiya bilan Fransiyaning bir-biriga yaqinlashishi, Yevropa va Suriyada hamkorlik qilishi har ikki mamlakat uchun ham strategik jihatdan foydalidir. NATO sammitidagi Erdog’an-Makron uchrashuvi buning uchun bir imkon yaratadi desak mubolag’a bo’lmaydi.

Aziz dasturimz kuzatuvchilari, Otaturk universiteti, Xalqaro aloqalar bo’limining kichik ilmiy xodimi Jemil Dog’ach Ipekning mavzu haqidagi mulohazasini e’tiboringizga havola qildik.

 

 


Tanlangan kalimalar: #Fransiya , #saylov , #Emmanuel Makron

Aloqador xabarlar