Italiyada G-7 Sammiti o’tkazilmoqda

Italiyaning Sitsiliya orolidagi Taormina shahri G-7 Sammitiga mezbonlik qilmoqda.

740452
Italiyada G-7 Sammiti o’tkazilmoqda

Italiyaning Sitsiliya orolidagi Taormina shahri G-7 Sammitiga mezbonlik qilmoqda.

Sammitning birinchi kuni terror, xavfsizlik, tashqi siyosat va iqlim o’zgarishlari masalasi qo’lga olindi.

G-7 liderlari terrorga qarshi kurash to’g’risidagi 15 moddalik qo’shma bayonotga qo’l qo’yar ekan iqlim o’zgarishiga qarshi kurash olib borish masalasida kelisholmadi.

Bayonotga ko’ra G-7 tarkibidagi mamlakatlar bugungi kunda dunyoning har nuqtasida faoliyat olib borgan terroristlar harakatiga ma’ruz qo’lgan fuqarolarning xavfsizligini ta’minlaydi.

Terror faoliyatlariga qarshi chora va tadbirlar orttiriladi, terror tashkilotlari bilan aloqasi bor shaxslar tekshirilib, aniqlanganlar ustidan tergov ishlari boshlatiladi.

Bayonotda terroristlarning interndan faol ravishda foydalanganligi ham ta’kidlanar ekan,

“Internetning terroristlar tomonidan yomon ma’noda foydalanilishiga qarshi kurash olib boramiz” deyildi.

G-7 liderlari bilan Afrika mamlakatlari keyingi majlislarda, tartibsiz migratsiya va Afrikada rivojlanish masalasini qo’lga oladi.

Liderlar shuningdek global savdo, oziq-ovqat xavfsizligi va ayol erkak tengligi kabi masalalarga ham to’xtaladi.  



Aloqador xabarlar