Donald Trumpning Saudiya Arabistoni ziyorati davom etmoqda

Amerika Qo’shma Shtatlari Prezidenti Donald Trump, Prezident sifatidagi birinchi chet el ziyorati doirasida kechadan beri Saudiya Arabistonida.

736055
Donald Trumpning Saudiya Arabistoni ziyorati davom etmoqda
Trump 51.png

Amerika Qo’shma Shtatlari Prezidenti Donald Trump Prezident sifatidagi birinchi chet el ziyorati doirasida kechadan beri Saudiya Arabistonida.  

Qirol Salmon bin Abdulaziz tomonidan poytaxt Riyaddagi Qirol Salmon Harbiy bazasida kutib olingan AQSh Prezidenti Trump, turmush o’rtog’i Melania Trump va hamrohligidagi hay’at bilan birgalikda Yemame saroyiga taklif qilindi.

Saroydagi rasmiy kutib olish marosimidan keyin Qirol Salmon Trumpga, Qirol Abdulaziz Davlat medalini topshirdi. Aytib o’tish joizki “Qirol Abdulaziz Davlat medali” Saudiya Arabistonidagi eng nufuzli davlat medali hisoblanadi.

Ushbu medalning taqdimot marosimida Oq saroy vakillari bilan birga Prezident Trumpning turmush o’rtog’i bilan qizi Ivanka Trump ham ishtirok etdi.

Ziyorat doirasida kecha o’zaro va hay’atlararo uchrashuv bo’lib o’tdi. Bugun Donald Trump Riyadda bo’lib o’tadigan AQSh-Ko’rfaz mamlakatlari bilan AQSh-Islom mamlakatlari sammitida ishtirok etadi.

 



Aloqador xabarlar