Chavushog'lu, Amerika boshqaruvining Turkiyaga so'z berilganini izohladi

Mevlud Chavushog'lu, Amerika boshqaruvining YPGga bergan qurollarni Turkiyaga qarshi ishlatmasligi uchun so'z berganini izohladi.

734847
Chavushog'lu, Amerika boshqaruvining Turkiyaga so'z berilganini izohladi

Tashqi ishlar vaziri Mevlud Chavushog'lu, Amerika boshqaruvining, terror tashkiloti PKKning Suriyadagi bo'limi YPGga bergan qurollarni Turkiyaga qarshi ishlatmaslik uchun so'z berilganini izohladi.

Prezident Rajab Toyib Erdo'g'anning 16 May kuni Amerika Qo'shma Shtatlaridagi (AQSh) ziyoratiga to'xtlaib o'tgan Chavushog'lu, Erdo'g'anning, tushunchalarini qarshi tomonga ochiqcha bildirganini ifoda etdi.

Terror tashkiloti Deashga qarshi kurash mavzusida Turkiyaning ham ayrim shartlari bo'lganini foda etgan Chavushog'lu, "YPGli terroristlar bo'lgan joyda biz bo'lmaymiz" deb so'zladi.

Prezident Erdo'g'anning "Turkiyani tahdit etgan taqdirda YPGga qarshi chora-tadbirlar olinadi" degan so'zlatini eslatgan Chavushog'lu, lekin tashkilotning qurollardan Turkiyaga qarshi foydalanmasligi uchun so'z berilganini ifoda etdi.

Chavushog'lu, AQShning Deashga qarshi kurash maxsus vakili Brett McCurkning terror tashkiloti PKK/YPGni dastaklaganini va bu kishini almashtirilishi kerakligiga diqqat qaratdi.

Erdo'g'an Vashington uchrashuvlari chog'ida Suriyaning Rakka shahridagi operatsiyada 'terroristlarni sizib o'tishini' bildirgan Mevlud Chavushog'lu, bu hududlarni araplarning boshqaruviga topshirilishini tushuntirdi.

15 Iyul davlatni to'ntarish tashabbusidan keyin FETOning Amerikada yashagan to'da boshisini Turkiyaga berish talabini  Amerika boshqaruviga takror bildirilganini ifoda etgan Chavushog'lu; "To'da boshining Turkiyaga qaytarilguncha Amerikada sudga chiqarilishini kutamiz. Vaqtincha nazoratga qo'yish kabi ayrim chora-tadbirlar olinishini istadik Trump, buni ko'zdan kechirishini bildirdi" deb so'zladi.

Tashqi ishlar vaziri so'ngi davrlar Germaniya bilan ham rivojlanib borgan aloqalarga to'xtalib o'tdi.

Nemis kaspdoshi Sigmer Gabrielning  "Turkiya shantaj qilmoqda" degan so'zlariga qattiq norozichilik ko'rsatgan Chavushog'lu; "Germaniya, 'Biz Turkiyaga qarshi istaganimiz kabi harakar qilamiz' tushunchasidan voz kechishi kerak. Ikki yuzlamachi harakatlaringizga bo'y egmaymiz. Turkiyaga do'stonga yaqlashishingiz kerak" deb so'zladi.

Nemis boshqaruvining Adanadagi İnjirlik harbiy bazasidan askarlarini chiqarish qarori bilan aloqali bir savolga "O'zlari biladilar. Keldilar yordam berdik. Ketishni istasalar eshiklar ochiq" shakilda javob berdi.

 



Aloqador xabarlar