Prezident Erdo'g'an Xitoydan AQShga jo'nab ketdi...

Prezident Erdo'g'an xususiy samolyoti bilan Turkiya vaqti bilan soat 09:25 da Pekindan AQShga jo'nab ketdi.

732227
Prezident Erdo'g'an Xitoydan AQShga jo'nab ketdi...

Xitoynning poytaxti Pekinda 'Bir Yo'l Bir Qutb' forumiga qatnashgan Prezident Rajab Toyib Erdo'g'an, bugun esa Amerika Qo'shma Shtatlarining poytaxti (AQSh) Vashingtonga jo'nab ketdi.

Prezident Erdo'g'an, Xitoyda, "Bir Yo'l Bir Qutb" forumi doirasida berilgan ziyofatga qatnashdi.

Erdo'g'an ziyofatan keyin xususiy samolyoti "CAN" bilan Turkiya vaqti bilan soat 09:25 da Pekindan jo'nab ketdi.

Prezident Erdo'g'an, Vashngtonda  AQSh Prezidenti Donald Trump bilan ertaga (16 May) kuni yakkama-yakka va hayatlararo uchrashuvlar o'tkazadi.

Erdo'g'anning, AQSh Prezidenti Trump bilan bo'ladigan ilk yig'ilishida avvalo mintaqaviy va xalqaro mavzularni muhokama qilishi kutilmoqda.

Ziyorat doirasida amalga oshriladigan yuqori darajali uchrashuvlar, o'zaro aloqalar bilan bir qatorda FETO to'da boshi Fethullah Gulenning qaytarilishi, Suriya va Iroqdagi o'zgarishlar bilan terrorga qarshi kurash mavzulari muhokama qilinishi nazarda tutilmoqda.

Prezident Erdo'g'anning ziyoratida, Adolat vaziri Bekir Bozdag', Tashqi ishlar vaziri Mevjud Chavushog'lu, Iqtisodiyot vaziri Nihat Zeybekchi, Energiya va Tabiiy Boyliklar vaziri Berak Albayrak bilan Milliy Mudofaa vaziri Fikrli Ishik hamrohlik qilmoqda.

 



Aloqador xabarlar