Xitoyda ishlab chiqilgan yangi ta'lim mashg'ulot kemasi xizmatga tayyor...

340 mln yuan (50 mln AQSh dollari) sarf etilgan “Yupeng” nomli kema Xitoyning eng rivojlangan ta’lim-mashg’ulot kemasi bo’lib hisoblanadi.

729614
Xitoyda ishlab chiqilgan yangi ta'lim mashg'ulot kemasi xizmatga tayyor...

Xitoyda ishlab chiqilgan mashg’ulot kemasining yangi avlodi birinchi safarini amalga oshirmoqda.

Kema mamlakat shimoli sharqida joylashgan Liaoning shtatidagi Dalian portidan Janubiy Afrikaga tomon yo’lga chiqdi.

340 mln yuan (50 mln AQSh dollari) sarf etilgan “Yupeng” nomli kema Xitoyning eng rivojlangan ta’lim-mashg’ulot kemasi bo’lib hisoblanadi.

Dalian dengizchilik universitetiga oid 199.8 metr uzunlikka ega bo’lgan kemaning birinchi safarida kema ekipaji bilan birga universitetning sobiq 87 ta talabasi ham ishtirok etdi.

Qolaversa, temir yo’li vositalarini ishlab chiqaruvchi CRRC Corp.Ltdning Janubiy Afrikadagi mijozlari uchun ishlab chiqargan 4 ta lokomotiv va boshqa texnikalar ham kemaga ortildi.

“COSCO” kemasozlik zavodi tomonidan qurilgan ushbu kema 30 ming tonna og’irlikka ega bo’lib, ta’lim mashg’ulotlari, ilmiy tadqiqotlar va naqliyot sohalarida xizmat qiladi.

1909 yili tashkil topgan Dalian dengizchilik universiteti Xitoyning dengizchilik sohasidagi eng katta oliygohlaridan biri hisoblanadi.

Mazkur universitet yana 10 ming tonnaga ega bo’lgan “Yukun” nomli mashg’ulot kemasiga ham ega.

 

 

 

 



Aloqador xabarlar