Emmanuel Makron Fransiyaning yangi prezidenti...

Prezidentlik saylovining ikkinchi bosqichida "Olg'a" harakati asoschisi Emmanuel Makron 66% ovoz olib, prezidentlik baxtiga muyassar bo'ldi.

727708
Emmanuel Makron Fransiyaning yangi prezidenti...

Fransiyada prezidentlik saylovining yakuniy natijalari e’lon qilindi.

Saylov natijalariga ko’ra, Fransiyaning yangi prezidenti Emmanuel Makron bo’lib chiqdi.

Kecha bo’lib o’tgan prezidentlik saylovining ikkinchi bosqichida "Olg'a" harakati asoschisi Emmanuel Makron 66% ovoz oldi.

Raqibi "Milliy front" partiyasi yetakchisi Marin Le Pen esa, 34% ovoz oldi.

Mag’lubiyatni qabul qilgan Le Pen Emmanuel Makronga qo’ng’iroq qilib g’alabasi bilan tabrikladi.

Saylovdagi g’alabasidan so’ng, xalqning huzuriga chiqqan Makron unga ovoz bergan tarafdorlariga minnatdorchilik bildirar ekan, butun Fransiya xalqiga birdek xizmat qilishga va’da berdi.

U Fransiyani takror birlashtirishini tilga olib, “Bizni bo’lishga harakat qilgan narsalarga qarshi kurashaman”,-dedi.

Fransiya tarixida yangi sahifa ochilganini aytgan Makron bundan buyon Fransiya bilan Yevropani qattiq himoya qilishini ta’kidladi.

U terrorizmga qarshi qattiq kurash olib borishini tilga oldi.

Bundan tashqari, Makron o’z tarafdorlariga minnatdorchilik bildirar ekan, Fransiya prezidenti Fransua Ollandga alohida minnatdorchilik bildirdi.

Birinchi bosqichdayoq mag’lub bo’lgan nomzodlarning aksariyati bilan til topishgan 39 yoshdagi Makron Fransiyaning eng yosh prezidenti bo’lish baxtiga muyassar bo’ldi.

Ayni paytda, Makron bugungacha deputat yoki hokimiyat raisi lavozimlarida mehnat qilmasdanoq prezident etib saylangan birinchi lider bo’lib chiqdi.

Saylovning rasmiy natijalari 10 may kuni Fransiya konstitutsiya kengashi tomonidan e’lon qilinadi.

Yangi prezident lavozimni 14 may kuniga qadar Fransua Ollanddan qabul qilib olishi kutilmoqda.

Fransua Olland ham Makronga qo’ng’iroq qilib, saylovdagi g’alabasi bilan tabrikladi.

“Makronning g’alabasi, fransuz xalqining respublika qadriyatlari asosida birlashish istagini, Yevropa Ittifoqiga sodiqligini va dunyo bilan hamjihat bo’lgan Fransiya orzuyini namoyon qiladi”,-deydi Fransua Olland.

Bosh vazir Bernard Kaznyov yozma ravishda Makronni tabriklab, unga muvaffaqiyatlar tiladi.

Tashqi ishlar vaziri Jan-Mark Aurault: “Yangi prezidentni tabriklayman. Fransiya va Yevropa uchun ezgu tilaklarimni izhor etaman”,-dedi.

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar