Amerika Prezidenti Donald Tramp Falastin Davlat rahbari Mahmud Abbas bilan uchrashdi

Donald Tramp:“Isroil bilan Falastin o’rtasida tinchlik shartnomasi imzolanishiga guvoh bo’lish bizning katta orzuyimizdir”.

725643
Amerika Prezidenti Donald Tramp Falastin Davlat rahbari Mahmud Abbas bilan uchrashdi

Amerika Prezidenti Donald Tramp Falastin Davlat rahbari Mahmud Abbas bilan uchrashdi.

Oq uyda bo’lib o’tgan uchrashuvdan so’ng, ikki davlat rahbari matbuot anjumani o’tkazdi.

Anjumanda so’zga chiqqan Donald Tramp:“Isroil bilan Falastin o’rtasida tinchlik shartnomasi imzolanishiga guvoh bo’lish bizning katta orzuyimizdir”,-dedi.

“Falastin bilan Isroilning bir-biri bilan o’zaro kelisha olishini ko’rmoqchiman”,-deya ta’kidlagan Tramp Yaqin sharqda tinchlik ta’minlash uchun qadam tashlashga harakat qilganini, biroq tinchlik jarayoni ikki davlat o’rtasidagi to’g’ridan muzokaralar natijasida yo’lga qo’yilishini tilga oldi.

Yaqin sharqda tinchlikni ta’minlash yo’lida bir qator muhim uchrashuvlarni amalga oshirganini aytgan Tramp:“Umid qilamanki, bu sa’y-harakatlarim o’z natijasini beradi”,-dedi.

Mahmud Abbas:“Yaqin sharqda tinchlikni ta’minlash uchun hamon bir umidim bor, lekin buning uchun ba’zi tashabbuslarga ehtiyoj bor”,-dedi.

“Isroilni Falastin tuproqlarining ishg’olidan to’xtatish vaqti yetib keldi. Bizning strategiyamiz 1967 yildagi chegaralar asosida ikki davlatli yechim asosida tinchlik shartnomasiga erishishdir”,-deya ta’kidlagan Abbas Isroil Falastinni, Falastin esa Isroilni tan olishi kerakligini aytdi.

 

 

 

 

 

 



Aloqador xabarlar