Fransiyada prezidentlik saylovining yakuniy natijalari e'lon qilindi

Fransiya konstitutsiya kengashi ma'lum qilishicha, birinchi turda “Marshga” harakati lideri Emmanuel Makron 24,01 foiz, “Milliy front” partiyasidan nomzod bo'lgan Marine Le Pen 21,30 foiz ovoz to'plagan.

721495
Fransiyada prezidentlik saylovining yakuniy natijalari e'lon qilindi

Fransiya konstitutsiya kengashi 23 aprel kuni mamlakatda bo’lib o’tgan prezidentlik saylovining birinchi bosqich natijalarini e’lon qildi.

Bunga ko’ra, “Marshga” harakati lideri Emmanuel Makron birinchi turda 24,01 foiz ovoz to'plagan.

“Milliy front” partiyasidan nomzod bo'lgan Marine Le Pen 21,30 foiz ovozga ega bo'lgan.

Respublikachilar partiyasidan nomzod Fransua Fillon 20.01 foiz ovoz to’plab, uchinchi o’rinni egallar ekan, o’ta solchi nomzod Jean-Luk Melenchon esa, 19.58 foiz ovoz to’plagan.

Hukumatdagi sotsialist partiyadan nomzod Benoit Hamon 6.36 foiz ovoz to’play olgan xalos.

Birinchi turda raqiblariga nisbatan ustunlikni qo’lga kiritgan Emmanuel Makron va Marine Le Pen 7 may kuni o’tkaziladigan ikkinchi turda bellashadi.

Ikkinchi turda g’alaba qozongan nomzod 14 maygacha mavjud prezident Fransua Ollanddan lavozimni qabul qilib oladi.

Konstitutsiya kengashi bayonotiga ko’ra, jami 47 mln 582 ming 183 saylovchi mavjud bo’lgan Fransiyada saylovga faqatgina 22.23 foiz saylovchi qatnashdi xalos.

Eslatma: 11 nafar nomzod Yelisey saroyi uchun kurash olib bormoqda.

Fransiya konstitutsiyasiga muvofiq, birinchi turdan so'ng ikki nomzod qoladi.

Ular saylovning yakuniy bosqichida ishtirok etadi. Ikkinchi tur 7 may kuni bo'lib o'tadi.

 

 

 



Aloqador xabarlar