Nikki Haley:"Shimoliy Koreya bilan urushga kirish niyatimiz yo’q..."

AQShning BMTdagi doimiy vakili Nikki Haley Shimoliy Koreyaning roketa tajribalari tufayli avj olgan vaziyatni oldini olish yana bu davlatga bog’liq ekanini aytdi.

717024

Shimoliy Koreyani yaxshilikcha ogohlantirgan Haley: “Shimoliy Koreya bilan urushga kirish niyatimiz yo’q. Buni bilishini xohlaymiz. Bizni bunga majburlamasin. Bu muammoni to’xtatish ularning qo’lida”,-dedi.

BMT Bosh kotibi Antonio Guterres esa, “Shimoliy Koreyaning nafaqat mintaqani, balki butun dunyoni xavf ostiga qo’yadigan atom faoliyatlarini to’xtatish uchun ko’rsatilgan barcha sa’y-harakatlarni qo’llab quvvatlaymiz”,-dedi.

Guterresning fikricha, Shimoliy Koreyaning harbiy kuchini oshirishi, roketa va atom faoliyatlari bilan xalqaro maydonda tahdid yaratishini oldini olish zarur.

Darvoqe, diplomatik manbalarda ta’kidlanishicha, Amerika tomonidan tayyorlanib Xitoy tomonidan qo’llab quvvatlangan “Shimoliy Koreyaning ohirgi atom tajribasi BMT xavfsizlik kengashi tomonidan qoralanishi va atom tajribalarga darhol yakun yasashini talab qiluvchi bayonoti”ga Rossiya e’tiroz bildirgan.

Aloqador xabarlar