Rossiyadan Turkiyaga g’alla olib kelayotgan yuk kemasi Qoradengizda halokatga uchradi

Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lum qilishicha, kema ekipajlaridan 7 nafari qidirilmoqda.

716267
Rossiyadan Turkiyaga g’alla olib kelayotgan yuk kemasi Qoradengizda halokatga uchradi

Rossiyadan Turkiyaga g’alla olib kelayotgan yuk kemasi 12 nafar ekipaji bilan Qoradengizda halokatga uchragan.

Panama bayrog’ini osgan “Geroi Arsenala” nomli yuk kemasi Qrim sohilidan 14 mil uzoqlikda favqulodda yordam talabi bilan signal bergan.

Ma’lum bo’lishicha, kema kecha tunda kuchli to’fon ko’tarilishi oqibatida ikkiga bo’linib ketgan va cho’ka boshlagan.

Kemadagi ekipajning 9 nafari Ukraina, 2 nafari Rossiya, 1 nafari esa Gruziya fuqarosi ekani aniqlandi.

Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi xodimlari ma’lum qilishicha, kemadagi ekipajlardan biri qutqarilgan, 4 nafarining joyi aniqlangan. Kemadagi 7 kishi qidirilmoqda.

Bedarak yo’qolgan ekipajni qidirish uchun 6 ta kema va bitta vertolyot safarbar bo’lgan.

Biroq, kuchli to’fon qidiruv faoliyatlarini qiyinlashtirmoqda.

Ma’lum bo’lishicha, bu kema bir turk shirkatiga tegishli bo’lib, shirkat xodimlari voqea yuzasidan tekshiruv ketayotganini ma'lum qildi.

 



Aloqador xabarlar