Eron Prezidenti Hasan Ruhoniy ikkinchi muddatga saylanmoqchi

Amaldagi Eron Prezidenti Hasan Ruhoniy birinchi to’rt yillik uchun 18 milliondan ortiq ovoz bilan saylangan edi.

713212
Eron Prezidenti Hasan Ruhoniy ikkinchi muddatga saylanmoqchi

Eronda shu yilning 19-mayi kuni bo’lib o’tadigan Prezidentlik saylovi uchun nomzodlarning murojaat faoliyatlari davom etmoqda.

Shu doirada Eronning amaldagi Prezidenti Hasan Ruhoniy ham ikkinchi to’rt yillik yani ikkinchi muddat uchun o’z nomzodligini qoydi va buning uchun Eron Markaziy Saylov komissiyasiga borib rasmiy ravishda murojaat ham qildi.

Amaldagi Eron Prezidenti Hasan Ruhoniy birinchi to’rt yillik uchun 18 milliondan ortiq ovoz bilan saylangan edi.

Bugungacha 19-may kuni bo’lib o’tadigan saylovda ishtirok etish uchun o’z nomzodligini qoymoqchi bo’lganlar soni 860 nafarga yetdi.

Buning uchun murojaat qilganlar orasida sobiq deputatlardan tashqari sobiq Eron Prezidenti Mahmud Ahmadinajod ham bor.

Seshanba kuni boshlagan Prezidentlik uchun o’z nomzodligini qo’yganlarning murojaatini ro’yhatga olish faoliyati bugun 15-aprel kuni o’z nihoyasiga yetadi.

Murojaati aniq qabul qilinganlar ro’yhati esa 26-aprel kuni e’lon qilinadi.


Tanlangan kalimalar: #Eron , #Hasan Ruhoniy , #Prezidentlik saylovi

Aloqador xabarlar