Misrdagi Aziz Georgiy cherkovida portlash yuz berdi

Cherkovning kiraverishida yuz bergan portlash, xristianlarning Hazrati Isoning Quddusga borishini nishonlagan bayram kuniga teng keldi.

708801
Misrdagi Aziz Georgiy cherkovida portlash yuz berdi

Misrning Tanta shahridagi Aziz Georgiy cherkovida portlash yuz berdi. Oqibatida kamida 21 kishi jon berar ekan, 50 kishi tan jarohati oldi.  

Misrning eng yirik shaharlaridan biri hisoblangan Tantadagi portlashning kelib chiqish sababi hozircha noma’lum va buni hali hanuz hech kim o’z bo’yniga olgani yo’q.

​Cherkovning kiraverishida yuz bergan portlash, xristianlarning Hazrati Isoning Quddusga borishini nishonlagan bayram kuniga teng keldi.

Cherkov nishonga olingan portlash ortidan bir necha daqiqa o’tgach Tantada ikkinchi portlash yuz berdi.

Mahalliy matbuotga ko’ra ikkinchi portlash bir politsiya uchastkasining tashqarisida yuz bergan.

O’tgan yilning dekabr oyida Qohiraning eng yirik Qibtiy katedralinida uyushtirilgan hujumda 25 kishi jon bergan bo’lib, 49 kishi tan jarohati olgan edi.

Bu voqea, oxirgi yillarda Misrdagi xristian aholisini nishonga olgan eng qonli hujum edi.

Qibtiy xristianlari qariyb 85 millionlik Misr aholisining 10 foizini tashkil etadi.


Tanlangan kalimalar: #Misr , #cherkov , #portlash

Aloqador xabarlar