Lo’fven, terroristlarning aslo ko’zlagan maqsadiga erisholmasligini ta’kidladi

Kecha Shvetsiya poytaxti Stokgolm markazida bir yuk tashuvchi mashina orqali hujum uyushtirilar ekan hujum oqibatida 4 kishi jon berib, 15 kishi tan jarohati olgan edi.

708469
Lo’fven, terroristlarning aslo ko’zlagan maqsadiga erisholmasligini ta’kidladi

Shvetsiya Bosh vaziri Stefan Lo’fven poytaxt Stokgolm markazida yuk tashuvchi mashina orqali uyushtirilgan hujum oqibatida 4 kishining jon berganligini va 15 kishining tan jarohati olganligini ma’lum qildi.

Hujum ustidan shubhali 1 kishining nazorat ostiga olinganligini belgilab o’tgan Lo’fven voqeaning har jihatdan tekshirilayotganligini va bu doirada mamlakat chegaralarida bojxona nazorati boshlatilganligini qayd etdi.  

Terroristlarning hech qachon ko’zlagan maqsadiga erisholmasligini ta’kidlagan Lo’fven, voqeada jon bergan gunohsiz insonlar uchun chuqur qayg’uda ekanligini bildirdi.

Aytib o’tish joizki Politsiya idorasi voizi, hujum ustidan Stokgolmning Mersta tumanida 1 kishining nazorat ostiga olinganligini ma’lum qildi.  

Nazorat ostiga olingan shubhali kishining aftining, politsiya xodimlari tomonidan matbuotga tarqatilgan fotosuratdagi kishiga o’xshashligini ma’lum qilgan voiz, uning ustidan tergov ishlarining davom etayotganligini ham o’z so’ziga ilova etdi.

Shuningdek Shvetsiyaning SVT davlat telekanali, hujumda foydalanilgan yuk tashuvchi mashinaning og’irlangan ekanligini ovoza qildi.  



Aloqador xabarlar