Suriyadagi ichki urush, mamlakatning Tabka mintaqasida davom etmoqda

Aytib o’tish joizki Shveytsariyaning Jeneva shahrida Suriya muzokarasining beshinchi bosqichi hali hanuz o’z nihoyasiga yetgani yo’q.

703594
Suriyadagi ichki urush, mamlakatning Tabka mintaqasida davom etmoqda

Suriyada Rakka amaliyotidan oldin DEASh terror tashkiloti tomonidan bosib olingan Tabka mintaqasida to’qnashuvlar davom etmoqda.  

Buning oqibatida mintaqadan qochgan tinch aholi soni esa 7 mingdan ortdi.

Aytib o’tish joizki Shveytsariyaning Jeneva shahrida Suriya muzokarasining beshinchi bosqichi hali hanuz o’z nihoyasiga yetgani yo’q.

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Suriya bo’yicha maxsus vakili Staffan de Misturaning ishtirokida davom etayotgan ushbu muzokarada ko’proq siyosiy o’tish davri qo’lga olinmoqda.

Muxolifat guruhlar uchrashuvda Bashar al-Asad rejimiga qarshi norozilikning orttirilishini va eronlik guruhlarning mintaqadan chiqib ketishini talab qilmoqda.  

Muholifat guruhlarining ikkinchi talabi esa Rossiyaning, muxolifatni nishonga olgan hujumlarini tezlik bilan bas qilishidir.  

Jenevadagi Suriya muzokarasining beshinchi bosqichining bugun o’z nihoyasiga yetishi kutilmoqda.  



Aloqador xabarlar