Germaniyaga borib boshpana talab qilgan muhojir bolalardan darak yo’q

Germaniya Federal xavfsizlik xizmati bo'limi tomonidan tayyorlangan hisobatga ko’ra kimsasiz Germaniyaga borib boshpana talab qilgan 14-17 yosh orasidagi bolalardan 8 ming 346 nafari g’oyib bo’lgan.

703572
Germaniyaga borib boshpana talab qilgan muhojir bolalardan darak yo’q

Germaniyada 8 mingdan ortiq bolaning g’oyib bolganligi aytilmoqda.

Germaniya Federal xavfsizlik xizmati bo'limi tomonidan tayyorlangan hisobatga ko’ra kimsasiz Germaniyaga borib boshpana talab qilgan 14-17 yosh orasidagi bolalardan 8 ming 346 nafari g’oyib bo’lgan.

Federal xavfsizlik xizmati bo'limi 2016-yilning iyul oyidagi hisobatida bu raqamni 8 ming 991 deya eshittirgan edi.

Germaniyada 13 yoshdan kichik yoshda g’oyib bo’lgan muhojir bolalar soni esa ro’yhatlarga 922 nafar deya kiritilgan.

Hisobotda g’oyib bo’lgan bolalarning yirik qismining kriminal sabablar yuzasidan yo’qolmaganligi ham ilova etilgan.

Shunga ko’ra qaysidir muhojirlar yashagan lagerda ro’yhatga olingan bir bola, u yerni rahbardan bexabar ravishda tark etgudek bo’lsa unda yo’qolganlar ro’yhatiga kiritiladi.

Yoshlarning yirik qismi odatda lagerlar yoki yotoqxonalarni boshqa joyga ko’chib chiqganida yoki do’stlari bilan dam olishga ketganidagina tark etmoqda.

Bu esa bizga yoshlar sonining ko’pligidan dalolat bermoqda.

Lekin g’oyib bo’lgan ba’zi bolalar esa afsuski yo terror tashkiloti yo bangilar qo’liga tushmoqda.  

Bangilar qo’liga tushgan bolalar yana-da tez pul topish va yaqinlariga moddiy jihatdan yordam berish maqsadida aldanib qolmoqda.  

 

 



Aloqador xabarlar