Pokiston va Afg’oniston o'rtasida chegara kelishmovchiligi...

Pokiston Afg’oniston chegarasini sim to’rlar bilan to’smoqchi, lekin Afg'oniston hukumati bundan bezovta...

699777
Pokiston va Afg’oniston o'rtasida chegara kelishmovchiligi...

Pokiston Afg’oniston chegarasini sim to’rlar bilan to’sa boshladi.

Pokiston Quruqlik kuchlari qo’mondoni general Kamar Javid Bajva Afg’oniston chegarasida jangari hujumlarini oldini olish uchun o’ta tahlikali hududlarga tikanli sim to’rlar tortilishini ma’lum qildi.

Uning aytishicha, bunday tadbirlar ikkala davlatga ham birdek manfaat olib keladi.

Biroq, Afg’oniston vakillari chegaradagi ushbu loyihaga qarshilik ko’rsatmoqda.

Ular “Hozircha bu faoliyat ishga tushmadi, agar ishga tushadigan bo’lsa kerakli chora ko’riladi”,-dedi.

Ma’lumki, ikki mamlakat o’rtasida 19-asrda inglizlar tomonidan chizilgan 2400 kmlik chegara mavjud.

Bu chegara Durand chizig’i (Durand Line) deb ham ataladi.

Peshtun aholini ikki davlatga ajratgan Durand chizig’ini Afg’oniston tan olmaydi.

Pokiston va Afg’oniston hukumatlari uzoq yillardan beri bir-birini o’z territoriyasidagi jangarilarga ko’z yumayotganlikda ayblab keladi.

Pokiston hukumati ohirgi paytlarda mamlakatda avj olgan terrorchilik harakatlari Afg’onistonda faoliyat ko’rsatgan terror tashkilotlaridan kelib chiqqanini sabab qilib ko’rsatib, o’tgan oydan buyon chegara postlarini yopib tashlagan.

Pokiston Bosh vaziri Navaz Sherif 20 mart kuni chegarani takror ochishga buyruq bergan edi.

 



Aloqador xabarlar