DAISh Iroqda amirlariga itoat qilmaganlikda ayblangan 20 kishini qatl etdi

DAISh terroristlari Mo’sulning Al-Matahin mahallasidagi aholini uylaridan haydab chiqarmoqda, ularga qarshi chiqqanlarni esa, otib o’ldirmoqda.

698488
DAISh Iroqda amirlariga itoat qilmaganlikda ayblangan 20 kishini qatl etdi

Iroqda terror tashkiloti DAISh amirlariga itoat qilmaganlikda ayblangan 20 kishini qatl etdi.

Ninova shahar majlisi inson huquqlari komiteti raisi Gazvan Hamid Ad-Daudining aytishicha, DAISh Mo’sulning Al-Matahin mahallasida yashovchi 20 kishini qatl etgan. Bularning aksariyati erkaklar ekani aytilmoqda.

Ma’lum bo’lishicha, DAISh terroristlari mahalla aholisini uylaridan haydab chiqarmoqda.

Bunga qarshi chiqqanlarni esa, otib o’ldirmoqda.

Ularga itoat qilmagan ayollarning zebu-ziynatlari talon-taroj qilinmoqda.


Tanlangan kalimalar: #DAISh , #Iroq , #Mo’sul , #Al-Matahin , #terror tashkiloti

Aloqador xabarlar