Kiyevda rossiyalik sobiq deputat Denis Voronenkov suiqasd qurboni bo’ldi

Rossiya matbuoti ushbu qotillikni “Biznes dunyosida hisob-kitob” sarlavhasi bilan yoritar ekan, ukrainalik vakillar Rossiyani ayblamoqda.

697780
Kiyevda rossiyalik sobiq deputat Denis Voronenkov suiqasd qurboni bo’ldi

Ukraina va Rossiya o’rtasida takror vaziyat salbiy tus oldi.

Ukrainaning poytaxti Kiyevda rossiyalik sobiq deputat Denis Voronenkov suiqasd qurboni bo’ldi.

Denis Voronenkov Kiyevdagi mehmonxona oldida kimligi noma’lum qurolli shaxs tomonidan otib o’ldirildi.

Qurolli hujum paytida Voronenkovning tansoqchisi bilan suiqasdchi o’rtasida otishma ro’y berdi.

Otishmada ikkalasi ham jarohatlandi.

Ushbu suiqasd uningsiz ham tarang bo’lgan ikki davlat o’rtasidagi aloqalarga takror zarba berdi.

Rossiya matbuoti ushbu qotillikni “Biznes dunyosida hisob-kitob” sarlavhasi bilan yoritar ekan, ukrainalik vakillar Rossiyani ayblamoqda.

Ukraina prezidenti Petro Poroshenko Rossiyani zo’ravonlikda aybladi.

Ukraina prokuraturasining taxminiga ko’ra, Rossiya Voronenkovni o’ldirish uchun mahfiy qotil yollagan.

Sobiq rus deputat Denis Voronenkov kuzda Ukrainaga ko’chib ketgan edi va Ukraina fuqaroligini olgan edi.

 

 



Aloqador xabarlar