koalitsiya kuchlari Suriyada bir maktabga kecha uyushtirgan hujum oqibatida 33 nafar halok bo’ldi.

koalitsiya kuchlari Suriyaning shimolidagi bir maktabga kecha uyushtirgan havo hujumi oqibatida, dastlabki aniqlashlarga  ko’ra 33 nafar halok bo’ldi.

696606
koalitsiya kuchlari Suriyada bir maktabga kecha uyushtirgan hujum  oqibatida 33 nafar halok bo’ldi.

Amerika qo’shma shtatlari (AQSh)yetakchiligidagi  koalitsiya kuchlari Suriyaning shimolidagi bir maktabga kecha uyushtirgan havo hujumi oqibatida, dastlabki aniqlashlarga  ko’ra 33 nafar halok bo’ldi.

Muxoliflarga yaqinligi bilan bilingan London markazli Suriya inson haqlari kuzatuv uyidan berilgan ma’lumotga ko’ra, Manusra hududida, tinch aholi boshpana sifatida ishlatgan bir maktabga havodan hujum uyushtirgan.

AQSh yetakchiligidagi  koalitsiya kuchlari tomonidan uyushtirilgan hujum kecha ertalab uyushtirilganini ma’lum qilgan Kuzatuv uyi asoschisi Rami Abdurrahman, “ Hozir 33 nafar  halok bo’lganini tasdiq qila olamiz. Halok bo’lganlar  Rakka, Halab va Humusdan qochib  kelgan tinch aholi edi ”  dedi.

AQSh markaz kuchlar qo’mondonligi  (CENTCOM), 17- martda Idlibda “ Al Qoidaga oid bir yig’ilish joyiga hujum qilib juda ko’p sonda terroristni o’ldirganlarini iddao qilgan edi. So’ngradan nishon olingan hudud Halabning  Jina qishlog’ida bir masjid  ekanini, halok bo’lganlar esa tinch aholi ekanini ma’lum bo’lgan edi.

 


Tanlangan kalimalar: #Suriya , #AQSh , #Maktab , #Hujum , #33 nafar , #Halok

Aloqador xabarlar