Afg'onistonning Helmand viloyatida portlash sodir bo'ldi

Xudkush bombachi tomonidan sodir qilingan portlashda 6 nafar xavfsizlik xodimi halok bo'ldi.

695857
Afg'onistonning Helmand viloyatida portlash sodir bo'ldi

 

Afg'onistonning Helmand viloyatining Girishk tumanida politsiya nazorat markazi portlatildi.

Xudkush bombachi tomonidan sodir qilingan portlashda 6 nafar xavfsizlik xodimi halok bo'ldi.

Girishk tuman xavfsizlik boshqarmasi rahbari Ismoil Xon ma'lum qilishicha, xudkush bombachi bomba ortilgan mashinasi bilan politsiya nazorat markaziga bostirib kirgan.

Ma'lum bo'lishicha, portlashda 15 nafar xavfsizlik xodimi yaralangan.

Guvohlar esa, portlashda 8 nafar xavfsizlik xodimi halok bo'lganini aytmoqda.

Hujumni Tolibon o'z zimmasiga oldi.

Tolibon kotibi Zabihullah Mujohit portlashda 48 askar halok bo'lganini iddao qilmoqda.

 

 



Aloqador xabarlar