Meksikada topilgan ommaviy mozorda 250 ta insonning kalla suyagi topildi

Taxminlarga ko’ra, yillar avval giyohvand modda kontrabandasi bilan shug’ullangan to’da boshliqlari tomonidan o’ldirilgan insonlar ommaviy mozorlarga ko’mib tashlangan.

691750
Meksikada topilgan ommaviy mozorda 250 ta insonning kalla suyagi topildi

Meksikada topilgan ommaviy mozorda 250 ta insonning kalla suyagi topildi.

Veracruz shtati prokurori Jorge Vinckler mahalliy matbuotga bergan intervyusida, shaharning chekka mahallaridan birida topilgan ommaviy mozordan 250 ta insonning kalla suyagi chiqarilganini aytdi.

Taxminlarga ko’ra, yillar avval giyohvand modda kontrabandasi bilan shug’ullangan to’da boshliqlari tomonidan o’ldirilgan insonlar ommaviy mozorlarga ko’mib tashlangan.

Jorge Vinckler ommaviy mozorning qanday topilgani haqida ma’lumot bermadi.

Uning taxminiga ko’ra, hududda yana ommaviy mozor topilishi mumkin.

Veracruz shtatida faoliyat ko’rsatgan xavfsizlik xodimlari bedarak yo’qolganlarni topish uchun bunday hududlarda qazilma ishlarini olib borgan edi va tegishli mutahassislardan yordam talab qilgan edi.



Aloqador xabarlar