Sean Spicer bu galgi kundalik matbuot anjumanida, Rakka amaliyoti va Qrim malasiga to'xtaldi

AQSh Oq uy voizi Sean Spicer bu galgi kundalik matbuot anjumanida Rakka amaliyotini qo'lga olar ekan Qrim masalasiga, jurnalistlar tomonidan berilgan savol ustidan to'xtaldi.

689275
Sean Spicer bu galgi kundalik matbuot anjumanida, Rakka amaliyoti va Qrim malasiga to'xtaldi

Oq uy voizi Sean Spicer, Rakka amaliyoti doirasida Amerika Qo’shma Shtatlari tomonidan Suriyaga 400 nafar qo’shimcha askar yuborilganligini eslatar ekan bundan maqsad, ularning, Suriyadagi ittifoqchilari bilan birgalikda DEASh terror tashkilotiga qarshi kurashni tezlashtirish ekanligini qayd etdi.

Spicer, Oq uydagi kundalik matbuot anjumanida jarayonning AQSh Prezidenti Donald Trump, Mudofaa vaziri James Mattis, Qurolli kuchlar Bosh shtab boshqarmasi raisi general Joseph Dunford va boshqa tegishli kishilarning yaqin kuzatuvi ostida ilgarilab qolganligini ma’lum qildi.

Trump tomonidan tegishli qo’mondonlarga DEASh terror tashkilotiga qarshi kurash uchun kerakli barcha boshqaruv huquqi va yordamning berilganligini ta’kidlagan Spicer,

“Trumpning DEASh terror tashkilotiga qarshi kurashdagi muvaffaqiyati, qo’mondonlarning o’rtaga qoyadigan konkret ijrolari bilan shakllanadi” dedi.

Spicer, Rossiyaning Qrimni bosib olishi to’g’risidagi savolga esa quyidagicha javob berdi:

“Amerika Qo’shma Shtatlarining BMT elchisi Haley, Qrimni bosib olganligi tufayli Rossiga nisbatan ijro etilgan sanksiyalarning, muammo hal qilingunga qadar davom etajagi haqida ochiq-oydin gapirdi. Shuningdek Prezident Trump, har bir rejasi haqida ochiq gapiradigan strategiya ustidan ish olib borayotgani yo’q. Kartalarini savdolashish strategiyasini maksimallashtirish uchun yopiq ravishda ushlab turipdi”.

   



Aloqador xabarlar