Somalida, atigi 2 kun ichida 110 kishi ochlik yuzasidan jon berdi

Somalidagi qurg'oqchilik, 2017-yilning 28-fevralidan e'tiboran yurt bo'ylab avj ola boshladi.

684877
Somalida, atigi 2 kun ichida 110 kishi ochlik yuzasidan jon berdi

Somalining janubiy-g’arbida joylashgan Bay viloyatida oxirgi 2 kun ichida 110 kishi ochlikdan jon berdi.

Bu haqida Somali Bosh vaziri Hasan Ali Hayriy, Milliy Qurg’oqlik qo’mitasi bilan birgalikda uyushtirgan yig’ilish chog’ida gapirdi.  

Prezident Muhammad Abdulloh Fermaju, 28-fevral kuni yurt bo’ylab avj ola boshlagan qurg’oqchilik yo’l ochgan insoniy fojiaga qarshi kurashish uchun o’sha kunni “milliy falokat” kuni deb e’lon qilgan edi. Fermaju, Somalida yuz berish ehtimoli bo’lgan fojianing oldini olish va qurg’oqchilik yuzasidan ziyon ko’rgan oilalarga yordam ashyolari yetkazib berish uchun xalqaro hamjamiyatdan yordam so’ragan edi.

    



Aloqador xabarlar