Rossiya va Xitoy Asad rejimiga sanksiya tatbiq etishni istagan BMT qaror loyihasini veto etdi.

Rossiya va Xitoy, Suriyada  ximiyaviy qurol hujumi uyushtirgani  aniqlangan Asad rejimiga sanksiya tatbiq etishni istagan Birlashgan millatlar xavfsizlik kengashi qaror loyihasini veto etdi.

682124
Rossiya va Xitoy Asad rejimiga sanksiya tatbiq etishni istagan BMT qaror loyihasini veto etdi.

Rossiya va Xitoy, Suriyada  ximiyaviy qurol hujumi uyushtirgani  aniqlangan Asad rejimiga sanksiya tatbiq etishni istagan Birlashgan millatlar xavfsizlik kengashi qaror loyihasini veto etdi.

Suriyada  ximiyaviy qurol ishlatgan tomonlarni aniqlash maqsadi bilan BMT  va Ximiyaviy qurollarni man qilish tashkiloti (OPCW) tomonidan tashkil etilgan missiya hisoboti, Asad rejimi uch marotaba, DEASH ham  bir bor ximiyaviy quroldan foydalangani ma’lum bo’ldi.

Ushbu hisobot jihatidan faoliyatga o’tgan Angliya, AQSh va Fransiya, Suriyada ximiyaviy qurol hujumiga aralashgani aniqlanganlarga qarshi sanksiya tatbiq etishni istagan loyihani tayyorladi.

Dekabr  oyidan beri davom etgan muzokaralar va Rossiyani ko’ndirish faoliyatlarining ortidan kengashda tasdiq qilingan qaror loyihasini Rossiya va Xitoy veto etdi.

Loyiha uchun veto salohiyati bo’lmagan Boliviya ham rad ovozi berar ekan, boshqa a’zolardan Efiopiya, Misr va Qozog’iston betaraf ovoz berdi.  

9 o’lka esa loyiha uchun ovoz berdi.

BMT Xavfsizlik kengashida bir loyihaning qabuli uchun  15 a’zodan kamida 9 qabul ovoz berar ekan va doimiy  a’zolar Rossiya, Xitoy, AQSh, Fransiya va Angliyaning veto salohiyatidan  foydalanmasligi kerak.

Shunday qilib Rossiya, Suriya ichki urushning boshidan beri BMT Xavfsizlik kengashida 7- marotaba loyihani veto etdi.

Turkiya bilan birgalikda juda ko’p sonda o’lkaning mushtarak taqdim etuvchi sifatida esa  himoya qilgan loyihada, Suriyalik 11 harbiy qo’mondonning mol- mulkining muzlatilishi, bu kishilarga sayohatni  man qilishi, Suriya rejimiga vertolyot  sotishini  ham man qilishi, ximiyaviy qurol rivojlantirilishi va foydalanishi bilan aloqasi belgilangan 10 tashkilotni  qora ro’yxatga olinishi nazarda tutilmoqda.

Buning bilan birgalikda, Fransiya Tashqi ishlar vaziri Jean- Marc Ayrult, Suriya qaror loyihasini veto etgan Rossiyaga qattiq norozichilik ko’rsatdi.

Ayrault  tarqatgan yozma bayonotida, Rossiya, Suriya xalqi bilan insoniyatning butuni qarshisida og’ir bir mas’uliyati bor dedi.

Suriyada terror tashkiloti DEASh va Damashq rejimi tinch aholiga qarata ximiyaviy quroldan foydalanish  qabul qilinmas deb ta’kidlagan Ayrault, bunga o’xshash jinoyatni ishlagan hech qachon  jazosiz qolmasligi kerak deb ogohlantirdi.

Angliya  Tashqi ishlar vaziri Boris Johnson esa, Rossiya va Xitoy sanksiya qaror loyihasiga to’siq bo’lishlari umidlarimizni  puchga chiqardi dedi.

Johnson,

“ Angliya, xalqaro sheriklik  bilan birgalikda ushbu qo’rqinch ximiyaviy qurol hujumlarining qurbonlari  uchun adolatni  izlashga va Suriyada yoki boshqa yerlarda yana ko’proq ximiyaviy quroldan foydalanishga qarshi  to’siq bo’lish  uchun adolatni izlashga va Suriyada yoki boshqa yerlarda yana ko’proq ximiyaviy qurol foydalanishiga to’siq bo’lish uchun faoliyatga davom etiladi” dedi.

 


Tanlangan kalimalar: #BMT , #Xavfsizlik , #Kengashi , #Sanksiya , #Ximiyaviy , #Qurol

Aloqador xabarlar