Mojariston-Serbiya chegarasi puxta sim devorlar bilan to'siladi

Mojariston Prezidenti Janos Lazar:"Qochqinlar bu mamlakatda xohlagancha erkin harakat qila olmaydilar”,-dedi.

679258
Mojariston-Serbiya chegarasi puxta sim devorlar bilan to'siladi

Mojariston hukumati Serbiya chegarasidagi mavjud sim devorlarning orqasiga yana ham mustahkam sim to’rlar tortilishi to’g’risida qaror oldi.

Mojariston Prezidenti Janos Lazar matbuot anjumanida qochqinlar masalasiga e’tibor qaratdi.

Uning aytishicha, mamlakatga kelgan muhojir va qochqinlar qaydga olish jarayoni tamomlangunicha erkin harakat qila olmaydi.

Ular chegara hududlarida joylashgan konteynerlarga joylashtiriladi.

“Avvalo 400 kishiga mo’ljallangan hudud tashkil qilinadi. Mamlakat miqyosida ochiq yoki yopiq lagerlardagi qochqinlar nazorati kuchaytirilgan hududlarga joylashtiriladi. Qochqinlar bu mamlakatda xohlagancha erkin harakat qila olmaydilar”,-deydi Mojariston Prezidenti Janos Lazar.

Janos Lazar:“Mojariston hukumati Mojariston-Serbiya chegarasidagi mavjud sim to’rlarning orqasiga yana ham puxta sim devorlar o’rnatishga  qaror berdi”,-dedi.

Qochqinlarning g’arbiy Yevropaga o’tishi uchun eng muhim guzargohlardan biri bo’lgan Mojariston qochqinlar oqimini to’xtatish uchun Serbiya va Horvatiya chegarasini o’tkir lezviyalar yopishtirilgan sim devorlar bilan to’sib tashlagan.

Chegara hududlarida favqulodda holat e’lon qilib, noqonuniy o’tish holatlariga nisbatan jazo choralarini kuchaytirgan.

 


Tanlangan kalimalar: #Mojariston , #Serbiya , #chegara , #qochqin , #muhojir , #qaror

Aloqador xabarlar