AQSh Suriyada xavfsiz hudud yaratish to’g’risidagi o’z faoliyatlarini davom ettirmoqda

Bu haqida Oq uy voizi Sean Spicer, kundalik matbuot anjumani chog’ida ma'lumot berdi.

679003
AQSh Suriyada xavfsiz hudud yaratish to’g’risidagi o’z faoliyatlarini davom ettirmoqda

Amerika Qo’shma Shtatlari Suriyada xavfsiz hudud yaratish to’g’risidagi o’z faoliyatlarini davom ettirmoqda.

Bu haqida Oq uy voizi Sean Spicer, kundalik matbuot anjumani chog’ida gapirar ekan u o’z so’zida, AQSh Prezidenti Donald Trump va uning hamkorlarining Suriyada xavfsiz hudud yaratish to’g’risida faoliyat olib borayotganliklarini ma’lum qildi.  

Spicer, Suriyaning al-Bob shahrining DEASh terror tashkilotidan qutqarilganligini eslatgan bir jurnalistning “Prezident kutgan xavfsiz hudud shundan iboratmidi?” degan savolga quyidagicha javob berdi:

“Hali hanuz xavfsiz hududning geografik o’rni haqida aniq qaror qabul qilganimiz yo’q. Hozircha Prezident ham moliyaviy, ham da buning qanday amalga oshishi masalasida dunyo liderlari bilan uchrashish niyatida. Umumiy olib qaraganda bu masala mintaqa liderlari bilan muhokama qilinadi”.     

Shuningdek Spicer ham urush maydoni, ham da DEASh terror tashkilotiga qarshi kurashning qanday qo’lga olinishi va gumanitar yordamning qanday yetkazib berilishi masalasining xavfsiz hududni aniqlovchi unsur ekanligiga e’tibor qaratdi.

Spicer yaqinda, tegishli tayyorgarliklar tamomlangach bu haqida bayonot berajaklarini qayd etdi.



Aloqador xabarlar