Yunonistonda hukumatga qarshi namoyishlar davom etmoqda

Hukumatning tejamkorlik siyosatini tanqid qilgan namoyishchilar oylikdan ushlab qolish holatlari va mehnat sharoitining yomonligidan nolimoqda.

678493
Yunonistonda hukumatga qarshi namoyishlar davom etmoqda

Yunonistonda hukumatning iqtisodiy siyosatini qoralash maqsadida uyushtirilgan namoyishlar davom etmoqda.

Poytaxt Afinadagi namoyishlarda politsiya xodimlari, xavfsizlik xodimlari va o’t o’chiruvchilar mehnat sharoitining yaxshilanishini talab qilmoqda.

Hukumatning tejamkorlik siyosatini tanqid qilgan namoyishchilar oylikdan ushlab qolish holatlari va mehnat sharoitining yomonligidan nolimoqda.

Namoyishchilar “Haqqingizni talab qiling!” “Hayotingizni saqlab qoling!”, “Sizni o’ylaganni himoya qiling!” deb yozilgan shiorlar bilan chiqdi.

Yillar mobaynida moliyaviy inqiroz hukm surgan Yunonistonda minglab davlat xodimi ishdan chiqarildi.

Ishdan chiqarilmagan davlat xodimlarining esa, oylik ish haqlari pasaytirildi.



Aloqador xabarlar