Sergey Shoydu, Rossiyaning Turkiya bilan hamkorlik qilishining ahamiyatiga to'xtaldi

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi qoshidagi Moskva Xalqaro aloqalar universtietida uyushtirilgan forumda nutq so’zlagan Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu, Turkiya bilan hamkorlik qilishlik va NATO masalasiga to’xtaldi.

677385
Sergey Shoydu, Rossiyaning Turkiya bilan hamkorlik qilishining ahamiyatiga to'xtaldi

Rossiya Mudofaa vaziri Sergey Shoygu NATOga rahbarlik qila olishini ta’kidlagan Turkiya bilan hamkorlik qilishning mintaqaviy barqarorlikning qo’llab-quvvatlanishi jihatidan katta ahamiyat kasb etajagini aytdi.

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi qoshidagi Moskva Xalqaro aloqalar universitetida uyushtirilgan forumda nutq so’zlagan Shoygu, Turkiya bilan hamkorlik qilishlik va NATO masalasiga to’xtaldi.

Turkiya bilan “harbiy texnik hamkorlik” sohasida keng ko’lamli faoliyat olib borilganligini va buning ikkala mamlakat boshqaruvi tomonidan qo’llab-quvvatlanganligini belgilab o’tgan Sergey Shoygu, Turkiyaning terrorizmga qarshi kurashda koalitsiya tashkil qilish borasida NATO ga rahbarlik qila olishini qayd etdi.   

NATO bilan global xavfsizlik masalalarida muloqat qilishga tayyor ekanliklarini ifodalagan Tashqi ishlar vaziri, bunga qarshi NATOning Rossiya chegaralaridagi harbiy kuchini orttirishni davom etganligini aytdi.

Rossiya Mudofaa vaziri, Rossiyaning qurol-yaroq eksporti bo’yicha dunyo miqyosida ikkinchi o’rinda ekanligini ham belgilab o’tar ekan, o’tgan yili dunyoning 60 dan ortiq davlatiga qariyb 15 milliard dollarlik qurol sotganligini ham o’z so’ziga ilova etdi.  



Aloqador xabarlar