DEASh bu gal, Mosuldagi boshlang’ich maktab o'quvchilarini nishonga oldi

Iroqning Mosul shahrida DEASh terror tashkiloti shaharning ar-Rifaq mahallasida o’rin olgan “Yafa” nomidagi boshlangich maktab o’quvchilarini nishonga olib, hujum uyushtirdi.

677592

Dars vaqtida amalga oshirilgan hujum oqibatida 3 nafar o’quvchi jon berdi. Ulardan birining 7 yashar, ikki nafarining esa 10 yashar ekanligi aniqlanar ekan voqea yuz bergan nuqtaga yetib borgan xavfsizlik xodimlari o’quvchilarni maktabdan evakuatsiya qildi.

Kasalxona manbaalaridan olingan ma’lumotga ko’ra xalqaro koalitsiya kuchlariga oid ekanligi baholangan bir urush uchog’i, shaharning g’arbida o’rin olgan ash-Shifa mintaqasidagi benzin stansiyasiga yaqin joydagi bir binoni nishonga olgan.

DEASh terror tashkilotiga qarashli al-Furqan jangarilarining qarorgohi ekanligi aytilgan binoda, tashkilot liderlarining yig’ilishi chog’ida uyushtirilgan hujumda, 19 terrorist o’ldirilgan. Ma’lum qilinishicha o’ldirilgan terroristlar orasida qo’mondonlar ham bor edi.

O’lgan terroristlarning bir qismining esa chet ellik ekanligi ham aytilmoqda.

Aloqador xabarlar