Amerikada Ichki xavfsizlik vazirligining noqonuniy migratsiya bilan bog’liq bayonoti e’lon qilindi

Oq Uy kotibi Sean Spicer ma’lum qilishicha, Amerikada muhojirlar bilan bog’liq chiqarilgan yangi qonun ommaviy deport jarayonini o'z ichiga olmaydi.

677469
Amerikada Ichki xavfsizlik vazirligining noqonuniy migratsiya bilan bog’liq bayonoti e’lon qilindi

Amerikada Ichki xavfsizlik vazirligining noqonuniy migratsiya bilan bog’liq bayonoti e’lon qilindi.

Oq Uy kotibi Sean Spicer ma’lum qilishicha, Amerikada muhojirlar bilan bog’liq chiqarilgan yangi qonun ommaviy deport jarayonini o'z ichiga olmaydi.

Ma’lum bo’lishicha, bu qonun Amerikada noqonuniy ravishda istiqomat qilgan aksariyati o’rta amerikalik millionlab muhojirlar bilan bog’liq.

“Ichki xavfsizlik vazirligi mamlakat janubidagi chegaralarni kafolat ostiga olish maqsadida amalga oshiradigan tashabbuslarni yo’lga qo’yadi”,-deyiladi Oq Uy bayonotida.

Tramp hukumati bunga doir tayyorgarliklarni tamomladi.

Bugun Ichki xavfsizlik vazirligi tomonidan tarqatilgan bayonotda, davlat va chegara xavfsizligiga ahamiyat berilishini aytgan Oq Uy kotibi Sean Spicer, yangi qonun asosida mamlakatda noqonuniy ravishda yashash huquqiga ega bo’lmagan shaxslar nazarda tutilganini ma’lum qildi.

Ta’kidlanishicha, 13 mln atrofida bo’lgan noqonuniy muhojirlar ichida jinoyatga qo’l urgan shaxslarning bor yoki yo’qligi ham tekshiriladi.

“Ushbu qonun avvalo davlat xavfsizligiga rahna solgan shaxslar uchun o’z kuchini ko’rsatadi”,-deydi Oq Uy kotibi Sean Spicer.

Bu masala bo’yicha mamlakatda 5 ming atrofida qo’shimcha xavfsizlik kuchlariga vazifa topshirilishi zarur.

Qolgan barcha amaliy faoliyatlar Ichki xavfsizlik vazirligi nazoratida olib boriladi.

Ma’lumki, 7 nafar musulmon davlat fuqarolariga viza berilishini man qilgan qonun federal sud tomonidan to’xtatilgan edi.

Hozirda buning o’rniga kuchga kiradigan qo’shimcha yangi qarornoma ustida bosh qotirilmoqda.

Yaqinda bunga doir o’zgarishlar e’lon qilinadi.

 

 

 



Aloqador xabarlar