Suriyada rejim kuchlari hujum uyushtirdi

Suriyada rejim kuchlarining hujumi natijasida 97 kishi hayotini yuqotdi.

675651
Suriyada rejim kuchlari hujum uyushtirdi

Suriyaning poytaxti Damashkning Kabun tumanida, kecha rejim kuchlarining raketa hujumi natijasida 97 kishi hayotdan ko'z yumdi. 

Kabun mahalliy koordinatsiyadan mas'ul vakili Uveyd Awad, Anadolu Xabar Angetligiga bergan muloqotida, rejim kuchlarining Damashkning sharqida joy olgan Kabun tumanida "fil" deb nomlangan raketalar bilan hujum qilganini izohladi.

Awad, "Esad kuchlari bir necha kundan beri Damashkning Kabun va Haresta tumanlari bilan Sharqiy Guta hududida muxoliflar nazoratidagi joylarni bombaladi. Damashk boshqaruvi 30 Dekrabr kuni tuzilgan shartnomani paymol qilib muxoliflarga hujum qildi" dedi.

Shuningdek, Esad rejimiga bog'li harbiy samolyotlar Suriyaning Iordaniya chegarasida joy olgan Nesib tumanida ham aholi punktini nishonga oldi. Hujum oqibatida 4 kishi nobud bo'ldi, 8 kishi yaralandi.

Suriyada to'qnashgan tomonlar o'rtasida Turkiya va Rossiyaning kafolatchiligida tuzilgan sulh bitimi 30 Dekabr kuni kuchga kirgan edi.



Aloqador xabarlar