BMT Suriya maxsus namoyandasi Staffan de Mistura Suriyada sulhni muhokma qildi.

Birlashgan millatlar Tashkiloti (BMT) Suriya maxsus namoyandasi Staffan de Mistura, Turkiya, Rossiya va Eron, Suriyada sulh rejimini bajarish, mazkur inqirozda  katta o’zgarishlarning boshlanishi bo’ladi dedi.

673854
BMT Suriya maxsus namoyandasi Staffan de Mistura Suriyada sulhni muhokma qildi.

Birlashgan millatlar Tashkiloti (BMT) Suriya maxsus namoyandasi Staffan de Mistura, Turkiya, Rossiya va Eron, Suriyada sulh rejimini bajarish, mazkur inqirozda  katta o’zgarishlarning boshlanishi bo’ladi dedi.

Moskvada Rossiya mudofaa vaziri Sergey  Shoygu bilan uchrashgan Mistura, bahs mavzusi o’lkalarga , Suriya inqiroziga yechim topish maqsadi bilan Qozog’istonning poytaxti Astanada qilingan sa’y- harakati  tufayli tashakkur etdi.

Maxsus vakil,

“ Agar siz, Turkiya, Eron va Suriya  bilan birgalikda Suriyadagi sulh rejimini barqaror holga ketira olsangiz ,  bu vaziyat, inqirozda katta o’zgarishlarning boshlanishi bo’ladi” dedi.

Suriyada shiddat voqealari kamayganini aytgan Mistura,

“ Astanada  ko’plab mavzuni ko’rib chiqdik, juda foydali bo’la oladigan muhim uchrashuvlar amalga oshirdik. Nimaga? Chunki sulhning ta’mini kerak. Turkiya bilan sulh bitimi imzolagandan e’tiboran, Suriyada shiddatning kamayganini kuzatik. Bu juda yaxshi bir xabar” deb ma’lum qildi.

Buning bilan birgalikda, Suriyada 6 yildir davom etgan urushni yakunlash uchun kafil o’lkalar Turkiya va Rossiyaning taklifi bilan Qozog’istonning  poytaxti Astanada uyushtirilgan uchrashuvlarning ikkinchisi boshlayapti.

Tomonlar o’zaro uchrashuvlarning ortidan, rasmiy uchrashuvlarga o’tadi.

Uchrashuvlarda, Suriyada sulhni tekshirish, ma’lum hududlarda barqarorlikni ta’mini bilan bir qatorda, mushtarak amal kuchiga qarata takliflarning qabuli va sulhning kuchlantirishga qarata qadamlar ko’rib chiqiladi.

Tomonlar, boriladigan kelishuvga riyo qilingan taqdirda,   sanksiya alternativalari ko’rib chiqiladi.

Uchrashuvlarning  dastlabki turida uch tomonlama tekshiruv mexanizmi tashkil etish qarori olingan.

Sulhning kuchaytirilishi, qochqinlarning vaziyati va tinch aholining xavfsiz hududlarga tashish mavzularida 6- fevralda yana Astanada texnik  uchrashuvlar o’tkazildi.

Urushning taraflari o’rin olmagan 6- fevral uchrashuvlariga Turkiya, Rossiya, Eron va BMT  hay’atlari bilan birgalikda Iordaniya ilk marotaba hay’at yuborgan edi.

 



Aloqador xabarlar