Donald Trump Rossiyaning Qrimni Ukrainaga qaytarib berishini kutmoqda

Oq uy bugungacha Trump rahbariyatining, Ukrainaga qarashli Qrim yarimorolini bosib olganligi bois Rossiya Federatsiyasiga qarshi kiritgan sanksiyalarni davom ettirajagi haqida rejalari borligini aniqlagan edi.

672852
Donald Trump Rossiyaning Qrimni Ukrainaga qaytarib berishini kutmoqda

Amerika Qo’shma Shtatlari Prezidenti Donald Trump Rossiyaning Qrimni Ukrainaga qaytarib berishini kutmoqda.

Oq uy voizi Sean Spicer kecha uyushtirgan matbuot anjumani chog’ida,

“Prezident Trump, Rossiya hukumatidan Ukrainadagi taranglikni kamaytirib, Qrimni qaytarib berishini kutganligini ochiq va aniq ravishda ifodaladi” deya gapirdi.

Oq uy bugungacha Trump rahbariyatining, Ukrainaga qarashli Qrim yarimorolini bosib olganligi bois Rossiya Federatsiyasiga qarshi kiritgan sanksiyalarni davom ettirajagi haqida rejalari borligini aniqlagan edi.

Joriy yilning 3-fevrali kuni uyushtirilgan matbuot anjumani chog’ida gapirgan Oq uy voizi Sean Spicer, AQShning BMT vakili Nikki Haleyning Qrimning Rossiya tomonidan bosib olinishi to’g’risidagi xijolatchiligini aniq ravishda ma’lum qilganligini qayd etgan edi.

Nikki Haley, 2-fevral kuni birinchi marotaba ishtirok etgan BMT Xavfsizlik kengashi yig’ilishida Amerika Qo’shma Shtatlarining yangi rahbariyatining rus hujumiga qaratilgan ko’z qarashini tasdiqlagan edi.

Nikki Haley bu borada, 

“AQSh Qrimning Rossiya tomonidan bosib olinishini qoralashni davom ettirmoqda va Rossiyani tezlik bilan buni bas qilishga chaqirmoqda. Qrim Ukrainaning bir bo’lagidir. Rossiyaga nisbatan kiritilgan sanksiyalarimiz Rossiya Qrimni Ukrainaga qaytarib bergunga qadar davom etadi” dedi.


Tanlangan kalimalar: #Donald Trump , #Rossiya , #Qrim , #Ukraina

Aloqador xabarlar