Qobulda konstitutsiya sudi yaqinida kuchli portlash sodir bo'ldi

Khaama xabar agentligi ma'lum qilishicha, portlash oqibatida 20 kishi halok bo'lgan, 48 kishi jarohatlangan.

667321
Qobulda konstitutsiya sudi yaqinida kuchli portlash sodir bo'ldi

Afg'onistonning poytaxti Qobulda konstitutsiya sudi yaqinida kuchli portlash sodir bo'ldi.

Portlash oqibatida 20 kishi halok bo'lgan.

Khaama xabar agentligi ma'lum qilishicha, hujumda 48 kishi jarohatlangan.

Afg'oniston Ichki ishlar vazirligi kotibi Nejibullah Danish ma'lum qilishicha, piyoda yurib kelgan kimligi noma'lum bir shaxs o'zini to'satdan portlatib yuborgan.

Voqea joyida bo'lgan afg'on politsiyasi ham buni tasdiqladi.

Portlash ishdan chiqayotgan sud xodimlariga qarata sodir qilingan.

Portlashning kim tomonidan sodir qilingani hali noma'lum.

 



Aloqador xabarlar