Isroil armiyasi G’azoning turli mintaqalariga qarshi havo hujumlari uyushtirdi

G’zodagi Ichki ishlar vazirligi tomonidan yozma ravishda berilgan bayonotga ko’ra Isroil armiyasi kechadan beri G’azoga qarshi 14 ta havo hujumi uyushtirgan, buning oqibatida 3 nafar falastinlik tan jarohati olar ekan, ko’plab bino ziyon ko’rgan.

666806
Isroil armiyasi G’azoning turli mintaqalariga qarshi havo hujumlari uyushtirdi

Isroil armiyasi G’azoning turli mintaqalariga qarshi 14 ta havo hujumi uyushtirdi.  

G’zodagi Ichki ishlar vazirligi tomonidan yozma ravishda berilgan bayonotga ko’ra Isroil armiyasi kechadan beri G’azoga qarshi 14 ta havo hujumi uyushtirgan, buning oqibatida 3 nafar falastinlik tan jarohati olar ekan, ko’plab bino ziyon ko’rgan.

Xamas guruhi tomonidan berilgan yozma ravishdagi bayonotga ko’ra Isroil ogohlantirilgan shuningdek, hujumlar davom etgudek bo’lsa unda Xamas guruhi bunga qarshi javob bermoqchi.

Isroil armiyasi vakili Peter Lernerde, hujumlarning Isroilning Ashkelon shahri yaqinlariga qarshi kecha ertalab uyushtirilgan raketa hujumiga qarshi javob tariqasida ekanligini ifodalagan edi. Faqat raketa hujumini G’azo tomonidagi hech qaysi falastinlik bo’yniga olmagan.

Aytib o’tish joizki Isroil armiyasi G’azo chegarasida 2 nafar falastinlikni nazorat ostiga olgan edi.

Isroilda chop etilgan Yediot Aharonot gazetasining internet sahifasida o’rin olgan axborotga ko’ra askarlarning, G’azo chegarasida 2 nafar falastinlikni nazorat ostiga olganligi ma’lum qilingan edi. Buning sababi haqida esa hech qanday ma’lumot berilmagan.

  


Tanlangan kalimalar: #G'azo , #Isroil armiyasi , #havo hujumi

Aloqador xabarlar