Eron Amerika shirkatlari va ishbilarmonlariga nisbatan sanksiya qo’llamoqchi...

Buning asosiy sabablaridan biri AQSh Eronning so’ngi roketasini tajribadan o’tkazganini sabab qilib ko’rsatib, Eronga tegishli ba’zi shirkat va ishbilarmonlariga qarshi sanksiya berishini ma’lum qilganligidir.

665156
Eron Amerika shirkatlari va ishbilarmonlariga nisbatan sanksiya qo’llamoqchi...

Eron Amerika shirkatlari va ishbilarmonlariga nisbatan sanksiya qo’llashini ma’lum qildi.

Bu haqda Eron Tashqi ishlar vazirligining internet saytida e’lon qilingan.

“AQShning Eronga qarshi noqonuniy faoliyatlariga nisbatan qarshilik ko’rsatish maqsadida, mintaqada ekstremizmga moyilligi bo’lgan guruhlarga va mintaqadagi himoyasiz insonlarga nisbatan jinoyat hodisalariga aralashgan shaxs va shirkatlarga sanksiya beriladi. Ushbu shaxs va shirkatlarning nomlari yaqinda e’lon qilinadi”,-deyiladi Eron Tashqi ishlar vazirligining internet saytida.

Mutahassislarning tahliliga ko’ra, buning asosiy sabablaridan biri AQSh Eronning so’ngi roketasini tajribadan o’tkazganini sabab qilib ko’rsatib, Eronga tegishli ba’zi shirkat va ishbilarmonlariga qarshi sanksiya berishini va bunga doir ro’yhat tuzishini ma’lum qilganligidir.

Bundan tashqari, Eron fuqarolarining Amerikaga kirishini ta’qiqlovchi qarornoma chiqarilganligi asosiy sabablardan biri sifatida tahlil qilinmoqda.



Aloqador xabarlar