Astanada suriyalik muxolif Usama Abu Zayd Rossiya delegatsiyasi bilan uchrashdi

Usama Abu Zaydning aytishicha, Rossiya sulh bitimi qoidalarini buzmaslikka va uning mustahkamligini ta’minlashga va’da bergan.

657916
Astanada suriyalik muxolif Usama Abu Zayd Rossiya delegatsiyasi bilan uchrashdi

Astanada Suriyaga bag’ishlangan muzokaralar jadallik bilan davom etmoqda.

Muzokaralarga qatnashgan muxoliflardan Usama Abu Zayd kecha Rossiya delegatsiyasi bilan uchrashdi.

Uning aytishicha, Rossiya sulh bitimi qoidalarini buzmaslikka va uning mustahkamligini ta’minlashga va’da bergan.

“Biz buni faqatgina og’zaki emas, amalda isbotlanishini xohlaymiz”,-deydi muxolif Usama Abu Zayd.

Ma’lum bo’lishicha, bugun 30 dekabrda kuchga kirgan sulh bitimini doimiylashtirishga qaratilgan muzokaralar davom etadi.

“Turkiya, Rossiya va Qozog’iston muzokaralardan muvaffaqiyatli natija olish uchun qo’lidan kelgancha harakat qilmoqda. Yaxshi natija uchun aniq qadam tashlash zarur. Afsuski, rejim kuchlari bunga yo’l qo’ymayotir. Rejim askarlari mamlakatning turli hududlarida sulh bitimini oyoq osti qilmoqda va xalqni o’ldirmoqda. Asosan, Barada vodiyidagi aholi surgun bilan qo’rqitilmoqda”,-deydi muxolif Usama Abu Zayd.

Astana muzokaralari Suriyada 6 yildan buyon davom etib kelayotgan urushni to’xtatish maqsadida harbiy muxolifat, rejim, Eron va Rossiya birgalikda g’ayrat ko’rsatishi jihatidan katta ahamiyat kasb etadi.

 

 

 


Tanlangan kalimalar: #Suriya , #Astana , #urush , #muzokara , #Usama Abu Zayd , #Rossiya

Aloqador xabarlar