AQShda Donald Trump davri rasmiy ravishda boshladi

AQSh konstitutsiyasiga ko’ra Barack Obamaning Prezidentligi Vashington vaqti bilan soat 12:00 da o’z nihoyasiga yetdi va hamon ortidan yangi saylangan Prezident o’z vazifasiga kirishdi.

656240
AQShda Donald Trump davri rasmiy ravishda boshladi

Amerika Qo’shma Shtatlarida 2016-yilning 8-noyabri kuni bo’lib o’tgan Prezidentlik saylovida g’olib bo’lgan Donald Trump, kecha qasamyod qildi.

Vashington vaqti bilan soat 12:00da Kapitoliy binosi oldida qasamyod qilgan AQShning 45-Prezidenti Trump, bergan va’dalari yuzasidan hozirdan mamlakatning siyosiy tarixidagi o’rnini egallay boshladi.

Tajribali siyosatchi, sobiq Tashqi ishlar vaziri Hillary Clintonni ortda qoldirib Oq Saroyga kirishni bajargan Trump, siyosiy kariyerasi yo’qligiga qaramay 60 yil ortidan AQSh Prezidenti etib saylangan birinchi Prezident unvonini qo’lga kiritdi.

Shuningdek Prezidentlik unvonini 70 yoshida olgan Trump, ayni vaqtda “AQSh tarixining eng keksa rahbari” unvoniga ham ega bo’ldi.

Donald Trump aslida nemis millatiga mansub bo’lib amerikalik biznesmen Frederick Trumpning nabirasi, biznesmen Fred Trumpning esa 5 farzandidan biridir. U, 1946-yilning 14-iyunida Nyu-Yorkning Queens tumanida tavallud topgan.

Donald Trump 1960-yillarning boshida to’liq o’rta maktabni to’palonchiligi yuzasidan tark etishga majbur bo’lgan.

Ortidan Nyu-York harbiy akademiyasida tahsil oldi. 1964-yili esa o’z tahsilini Fordem universitetida davom ettirdi. So’ngra 1968-yildan keyin Pensilvaniyadagi Wharton biznes maktabiga o’tib, u yerdan iqtisodiyot bakalavr darajasini oldi. O’zining mexnat faoliyatini esa bir va ikki oilalik uylarning qurilishida mutaxassislashgan otasining firmasida boshladi.

2000-yili AQSh Prezidentligi uchun Islohot partiyasi nomidan nomzod bo’lgan Trupm, Amerikaning “Forbes” jurnali tomonidan “Dunyoning eng badavlat 400 kishilari” ro’yhatida o’rin oldi. Trump boyligining 3.6 milliard dollar atrofida ekanligi tahmin qilinmoqda.     

Donald Trump 2004-2015 yillari Amerikaning NBC telekanalida namoyish etilgan ‘The Apprentice’ realiti-shousi prodyuseri va boshlovchisi bo’ldi va Gollivudning yulduziga aylandi.

AQShda islomofobik fikri yuzasidan tanqid qilingan Trump, 2016-yili tinchlik bo’yicha Nobel mukofatiga nomzod etib ko’rsatildi lekin mukofatni qo’lga kiritolmadi.

Saylovdagi tashviqotlarida muhojirlar, musulmonlar, xavfsizlik va DEASh terror tashkilotiga qarshi kurash haqidagi katta e’tirozlarga yo’l ochgan ko’z qarashlari oldingi planga chiqdi.

AQSh bilan Meksika o’rtasida “juda katta devor qurish” taklifi, muhojirlarga qarshi ilgari surgan rejalaridan biri edi.

Trupm 3 marotaba uylandi va 3 bolaning otasi.

 


Tanlangan kalimalar: #Donald Trump , #Barack Obama , #AQSh

Aloqador xabarlar