Rossiya Ostona yig'ilishiga Amerikani taklif qilgan...

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov Amerika Qo'shma Shtatlarini Ostona yig'ilishiga taklif qilganliklarini bildirdi.

654378
Rossiya Ostona yig'ilishiga  Amerikani taklif qilgan...

Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergel Lavrov, Qozog'istonning poytaxti Ostonada tartiblanishi rejalanshtirilgan Suriya mavzuli uchrashuvlar uchun Amerika Qo'shma Shtatlarga (AQSh) taklifnoma yuborganliklarini bildirdi.

Lavrov, Avstriya Tashqi ishlar vaziri va Yevropa Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti (AGIT) davr rahbari Sebastian Kurz bilan Moskvada uchrashdi.

Uchrashuv ortidan uyushtirilgan mushtarak matbuot anjumanida so'zlagan Lavrov, Ostonada rejim vakillari bilan Turkiya va Rossiya kafolatchiligida tuzilgan sulh bitimini imzolagan qurolli muxolif guruh vakillarining ishtirok etishini ifoda etdi.

Lavrov, Eron Tashqi ishlar vaziri Jevad Zarifining Amerkaning Ostonadagi yig'ilishga ishtirok etishiga rozi bo'lmagani haqidagi da'volarga, taklifnoma formatiga ko'ra, Amerika ham bo'lib ommaviy jamaotchilikda nomi zikr etilgan hammaning ishtirok etish imkoni bo'lganiga diqqat qaratdi.

Lavrov, bir savolga javoban, Jeyshul Islomning BMT Xavfsizlik Kengashi terror tashkilotlari ro'yxatida joy olmaganini va sulh bitimiga qo'shilganini eslatib, bu guruhdan vakillarning Ostonada bo'lishini takidladi.

Qolaversa Lavrov, terror tashkiloti DEASh va Nusra bilan aloqasi bo'lmagan barcha guruhlarni Suriyada sulh bitimi tuzish shartnomasiga qo'l qo'yishga davat qildi.



Aloqador xabarlar