Terror tashkiloti DAISh garovga olgan iroqlik 320 kishini ozod qildi

DAISh o'tgan yili bu kishilarni Iroq kuchlariga ma'lumot yetkazganlikda ayblab, garovga olgan edi va ularni Suriyaga olib ketgan edi.

652070
Terror tashkiloti DAISh garovga olgan iroqlik 320 kishini ozod qildi

Terror tashkiloti DAISh Suriyada garovga olgan iroqlik 320 kishini ozod qildi.

Anbar operatsiyalar qo'mondonligidan polkovnik Velid ad-Dileymi ma'lum qilishicha, DAISh 320 kishini Suriya-Iroq chegarasida ozod qilgan.

Bular orasida Al-Kaim tumanidan askar va davlat xodimlari ham bo'lgan.

Ma'lum bo'lishicha, DAISh Anbardagi qarorgohlarining qayerda joylashgani haqida Iroq kuchlariga ma'lumot yetkazganidan gumon qilib bu kishilarni o'tgan yili garovga olgan edi va ularni Suriyaga olib ketgan edi.

 

 


Tanlangan kalimalar: #DAISh , #Iroq , #Suriya , #Anbar , #Suriya-Iroq chegarasi

Aloqador xabarlar