Rus san’atkor Piotr Pavlenskiy Fransiyadan siyosiy boshpana talab qilmoqchi...

San’atkorning advokati Alla Chevelkina bu haqda Fransiyadagi L’Express jurnaliga bayonot berdi.

652983
Rus san’atkor Piotr Pavlenskiy Fransiyadan siyosiy boshpana talab qilmoqchi...

Rossiyada radikal fikrlari bilan yaqindan tanilgan san’atkor Piotr Pavlenskiy Fransiyadan siyosiy boshpana talab qilmoqchi.

San’atkorning advokati Alla Chevelkina bu haqda Fransiyadagi L’Express jurnaliga bayonot berdi.

Uning aytishicha, Piotr Pavlenskiy rafiqasi Oksana Chaliguina va ikkita farzandi bilan 14 yanvar kuni Parijga ko’chib ketgan.

U hozirda Fransiya hukumatidan siyosiy boshpana so’rashga tayyorlanmoqda.

Ma’lum bo’lishicha, Piotr Pavlenskiy jinsiy zo’ravonlikda ayblanib, jinoiy javobgarlikka tortilgan edi.

“Pussy Riot” nomli musiqiy guruh a’zolari ustidan o’qilgan sud hukmiga e’tiroz bildirgan Piotr Pavlenskiy davlat rahbari Putinning siyosatini qoralash maqsadida, Qizil maydonda o’zini yerga mixlagan edi.

 

 



Aloqador xabarlar